Turkiya G‘arb sanksiyalariga qaramay Rossiya bilan munosabatlarni to‘xtata olmaydi, dedi Turkiya Moliya vazirligi rahbari Mehmet Shimshek.
«Biz qo‘shnilarimiz, jumladan, Rossiya bilan aloqalarni shunchaki uzib bo‘lmaydi. Rossiya Federasiyasi bizning muhim va yirik qo‘shnimiz va hamkorimizdir. Sanoatimizning muhim qismi Rossiya tabiiy gaziga bog‘liq va u bilan ishlaydi. Bu juda muhim omil. Shuning uchun ham biz Rossiya Federasiyasi bilan hamkorlikni to‘xtata olmaymiz», — dedi Shimshek.