Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Turkiya muxolifati Imomo‘g‘lining hibsga olinishiga qarshi namoyishlarni davom ettirishini e’lon qildi — Reuters

Turkiya muxolifati Imomo‘g‘lining hibsga olinishiga qarshi namoyishlarni davom ettirishini e’lon qildi — Reuters

Muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasi (CHP) yetakchisi O‘zg‘ur O‘zel partiyaning navbatdan tashqari qurultoyida muxolifat tomonidan navbatdan tashqari saylovda prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilgan Ekrem Imamo‘g‘luning hibsga olinishiga qarshi namoyishlar uyushtirishda davom etishini ma’lum qildi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning asosiy siyosiy raqibi hisoblangan Ekrem Imomo‘g‘lu 19 mart kuni korrupsiya va jinoiy tashkilotga rahbarlik qilishda gumonlanib qo‘lga olingan edi. 23 mart kuni ertalab sud Imomo‘g‘luni hibsga olish tog‘risida qaror chiqardi. Shu kuni Jumhuriyat xalq partiyasi Imomo‘g‘luni Turkiya prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatdi.

Imomo‘g‘luning hibsga olinishi Turkiyada 2013 yildan beri eng katta norozilik to‘lqinini keltirib chiqardi. Turkiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishlar chog‘ida 2000 ga yaqin odam qo‘lga olingan.

Kiritildi: 12:51 07.04.2025. O'qildi: 1002 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!