Bugun 20 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Turkiya Makka alyansi doirasida Saudiya Arabistoniga harbiy yordam ko‘rsatishga tayyor

Turkiya Makka alyansi doirasida Saudiya Arabistoniga harbiy yordam ko‘rsatishga tayyor

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Yaman husiylarining hujumlari sabab Saudiya Arabistonida harbiy ehtiyojlar yuzaga kelishi mumkinligi va Anqara ularni qondirishga tayyorligini aytdi.

"Biz Saudiya Arabistonining hududiy yaxlitligi va suverenitetiga juda jiddiy hujumlar bo‘layotganini ko‘ryapmiz. Bizning paktimizda ittifoqchilik kelishuvi mavjud. Biz bu masalada birdammiz. Ularning ma’lum harbiy ehtiyojlari bo‘lishi mumkin, ayniqsa, ba’zi texnik masalalar bo‘yicha. Ularni qondirish biz uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi", — dedi Turkiya TIV rahbari.

Fidanning so‘zlariga ko‘ra, gap Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston avgust oyida imzolagan Makka qo‘shma mudofaa bitimi doirasidagi ittifoqchilik majburiyatlarini bajarish haqida ketmoqda. Hujjatga ko‘ra, uch davlatdan biriga qurolli hujum uyushtirilishi ularning barchasiga qilingan hujum sifatida baholanadi. Biroq shartnomada harbiy javob berishning aniq mexanizmlari batafsil ko‘rsatilmagan.

Shu bilan birga, Fidan Saudiya Arabistonini AQSh va Eron o‘rtasidagi urushga jalb etish mumkin emasligini ta’kidladi. U Ar-Riyod bu mojaroning ishtirokchisi bo‘lishni istamasligi, Turkiya esa tomonlarga jangovar harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha yangi takliflar yetkazganini aytdi.

Avvalroq Makka alyansi a’zosi bo‘lgan Pokiston husiylarning Saudiya Arabistoniga hujumlarini qoralgan va mudofaa shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga tayyorligini bildirgandi.

Kiritildi: Bugun 12:31. O'qildi: 303 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!