Bugun 24 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Turkiya Liviyadagi mojaroni bartaraf etdi

Turkiya Liviyadagi mojaroni bartaraf etdi

Liviya poytaxti Tripolida Milliy yarashuv hukumati bilan Prezidentlik kengashiga bo‘ysunuvchi "Rada" qurolli guruhi o‘rtasida bir necha oy davom etgan ziddiyat Turkiya vositachiligida yakunlandi.

Muhim muzokaralar Turkiya Milliy razvedka tashkiloti (MİT) rahbari Ibrohim Kalinning 4 iyun kuni Tripoliga qilgan tashrifidan so‘ng faollashdi. Turkiya tomonidan ichki tomonlar bilan ko‘p qirrali muloqot olib borildi.

❕ 13 sentyabr kuni Turkiya vakillari rahbarligidagi muzokaralar natijasida tomonlar to‘qnashuvlarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Mojaro 2025 yil may oyida Tripolida Milliy yarashuv hukumati kuchlari bilan "Rada" qurolli guruhi o‘rtasida boshlangan edi. 12 may kuni o‘q uzishni to‘xtatish haqida e’lon qilingan bo‘lsa-da, maydan sentyabrgacha siyosiy kelishmovchiliklar bartaraf etilmadi va shaharda harbiy kuchlar ko‘payishda davom etdi.

Turkiyaning faol diplomatik harakatlari orqali 13 sentyabrda tinchlik va o‘zaro tushunishga erishildi. Bu nafaqat Tripolining barqarorligi, balki Liviyadagi umumiy tinchlik jarayoni uchun ham muhim qadam hisoblanadi.

Kiritildi: 09:14 21.09.2025. O'qildi: 735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!