Bugun 16 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Turkiya Gruziyaga snayper sovg‘a qildi

Turkiya Gruziyaga snayper sovg‘a qildi

Turkiya Gruziya maxsus kuchlariga qurollar sovg‘a qildi.

Turkiya Qurolli kuchlari maxsus operasiyalar qo‘mondonligi Gruziya mudofaa kuchlari maxsus operasiyalar qo‘mondonligiga turli turdagi avtomatlar sovg‘a qilgan.

Qurollarni topshirish marosimida Gruziya Mudofaa kuchlari qo‘mondon o‘rinbosari general-mayor Zaza Chkhaidze, maxsus operasiyalar qo‘mondoni polkovnik Teymuraz Glateshvili, Turkiyaning Gruziyadagi elchisi Ali Gaan Orbay va Turkiya mudofaa attashesi polkovnik Okten Ilhandur ishtirok etdi.

Tadbir davomida mehmonlar qurollarni ko‘zdan kechirib, ularning texnik-taktik xususiyatlari bilan tanishdi. Keyinchalik ular maxsus kuchlar bazasida tashkil etilgan sinov otishlarida ishtirok etdi.

Gruziya va Turkiya mudofaa sohasida uzoq muddatli va strategik hamkorlikka ega. Gruziya maxsus kuchlariga snayper miltiqlarining yetkazib berilishi ham bu hamkorlikning yana bir namunasidir.

Kiritildi: 20:35 15.03.2025. O'qildi: 826 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!