Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Turkiya G‘azoga yuborish uchun 2000 nafar harbiydan iborat brigada tayyorlamoqda

Turkiya G‘azoga yuborish uchun 2000 nafar harbiydan iborat brigada tayyorlamoqda

Turkiya G‘azoga yuborish uchun 2000 nafar harbiydan iborat brigada tayyorlamoqda. Bu haqda Middle East Eye xabar berdi.

"Isroilning qarshiligiga qaramay, Anqara o‘z harbiylarini xalqaro barqarorlashtirish kuchlari tarkibida G‘azoga yuborishni rejalashtirmoqda. Bu bo‘linma Turkiya armiyasining tajribali tinchlikparvar askarlaridan tashkil topishi ko‘zda tutilgan", deya yozmoqda nashr.

Oq uy hali bu borada yakuniy qarorni qabul qilmagan. BMTning HAMASni qurolsizlantirishni ham o‘z ichiga olgan rezolyusiyasi esa hozirgacha tasdiqlanmagan.

Middle East Eye'ning qayd etishicha, Turkiya va Misr o‘z qo‘shinlarining ishtiroki mamlakatlarni bevosita mojaroga tortib ketishidan xavotirda, Isroil esa G‘azoda NATO'ning kuchli a’zosini ko‘rishni istamayapti.

Kiritildi: 23:18 11.11.2025. O'qildi: 534 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!