Xabarlarga ko‘ra, Anqara Yevropa to‘lovlar kengashiga maktub yo‘lladi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi va Turkiya o‘rtasidagi yuqori darajali iqtisodiy muloqot yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan qo‘shma bayonotda ma’lum qilindi.
Mamlakat Moliya vazirligining RIA Novostiga ma’lum qilishicha, tizimga a’zo bo‘lish uchun YEIga rasmiy xat yo‘llangan.
Rasmiylar fikricha, SEPA tarkibiga kirish korxonalar va fuqarolar uchun xalqaro pul o‘tkazmalarini ancha arzon hamda tezkor qilish imkonini beradi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, iqtisodiy ishonchni saqlab qolish va ishbilarmonlik muhitini mustahkamlash masalalarida kelishuvga erishdilar.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya 1999 yildan buyon Yevroittifoqqa a’zolikka nomzod davlat hisoblanadi