Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Turkiya Efiopiya va Somalini yarashtirdi

A A A
Turkiya Efiopiya va Somalini yarashtirdi

Urush yoqasida turgan Somali va Efiopiya Anqaradagi muzokaralardan so‘ng tinchlikka kelishib oldi. Ikki davlat rahbarlari Erdo‘g‘onga tinchlikka vositachilik qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

«Hurmatli birodarlarimni ushbu tarixiy murosaga erishganlari bilan tabriklayman», dedi Erdo‘g‘on.

⭕️ Tomonlar Somalining hududiy yaxlitligini hurmat qilgan holda Efiopiyaga Somali qirg‘oqlari orqali barqaror va xavfsiz dengiz kirishini ta’minlash bo‘yicha texnik muzokaralarni boshlashga kelishib oldilar.

⭕️ Texnik muzokaralar 2025 yilning fevral oyidan kechiktirilmay boshlanib, Turkiya ko‘magida 4 oy ichida yakunlanadi.

⭕️ Tijorat mexanizmlari ikki tomonlama shartnomalar, jumladan, lizing va shunga o‘xshash shartlar asosida qo‘llaniladi.

Kiritildi: 23:00 12.12.2024. O'qildi: 1500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!