Turkiya chempionati 16-turida "Istanbul Bashakshehir" safarda "Samsunspor" mehmoni bo‘ldi. O‘yin Samsun shahridagi «19 may» stadionida o‘tkazildi.
"Istanbul Bashakshehir"ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yinda hamyurtimiz Eldor Shomurodov gol va assist qayd etdi. Eldor dastlab 66-daqiqada o‘zi gol urgan bo‘lsa, 83-daqiqada Bert O‘zgyurning goliga assistentlik qildi. 87-daqiqada u almashtirildi.
Yana bir hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev esa asosiy tarkibda maydonga tushib, 67 daqiqa harakat qildi.
Istanbulliklar bu g‘alaba evaziga 3 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi va 20 ochko bilan 8-o‘ringa joylashdi. "Samsunspor" 25 ochko bilan 6-pog‘onada.