Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Turkiya BRIKSni NATO yoki Yevropa Ittifoqiga muqobil deb hisoblamaydi

Turkiya BRIKSni NATO yoki Yevropa Ittifoqiga muqobil deb hisoblamaydi

Turkiya BRICS blokini NATO yoki Yevropa Ittifoqiga muqobil deb hisoblamaydi. Anqara uchun bu tashkilotga qo‘shilish G‘arb davlatlari bilan munosabatlarni to‘ldiradi, deb yozadi Middle East EYE.

Rossiya manbalarining xabar berishicha, Nijniy Novgoroddagi navbatdagi BRIKS sammitida Turkiyaning ittifoqqa qo‘shilish arizasi boshqa masalalar qatorida muhokama qilinadi, ammo qaror qabul qilinmaydi. Sammitda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan ishtirok etadi.

Turkiya rasmiylarining aytishicha, BRIKS o‘z a’zolaridan siyosiy yoki iqtisodiy majburiyatlarni talab qilmaydi, bu esa tashkilotni Anqara uchun ancha jozibador qiladi.

Turkiya manbalariga ko‘ra, mamlakat, xususan, Yevropa Ittifoqiga kirish bo‘yicha muzokaralarda turg‘unlik hukm surayotgani sababli BRIKSga murojaat qilgan.

Kiritildi: 19:31 09.06.2024. O'qildi: 1227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!