Bugun 11 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Turkiya bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga cheklovlar qo‘ymoqda

Turkiya bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga cheklovlar qo‘ymoqda

Turkiyada bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga cheklovlar 1 noyabrdan kuchga kiradi.

Tegishli qoida Turkiya Prezidentligining Kiberxavfsizlik boshqarmasi tomonidan tayyorlangan va 10 oktyabr kuni rasmiy hukumat gazetasida e’lon qilindi.

Hujjatda cheklovlar joriy yilning 1 noyabridan kuchga kirishi aytilgan. Qoidalarga ko‘ra, ijtimoiy media platformalari 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga xizmat ko‘rsata olmaydi. 15-18 yoshdagi foydalanuvchilar uchun platformalar kuchaytirilgan xavfsizlik va maxfiylik choralari bilan alohida rejim yaratishi kerak. Mavjud va faol foydalaniladigan akkauntlar uchun yoshni tekshirish 2027 yil 31 martgacha yakunlanishi kerak.

Foydalanuvchilarning yoshi milliy elektron hukumat tizimi, e-Devlet orqali maxsus identifikator yordamida tasdiqlanadi. 15-18 yoshdagi o‘smirlarning akkauntlari sukut bo‘yicha shaxsiy bo‘ladi. Ular uchun jonli efir, shaxsiylashtirilgan reklama va ma’lum kontent tavsiya qilish mexanizmlari taqiqlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar ham to‘plangan ma’lumotlar asosida voyaga yetmaganlarga boshqa akkauntlarni tavsiya qila olmaydi. Bundan tashqari, voyaga yetmaganlarning profillarini boshqa foydalanuvchilarga taklif qilish ham taqiqlanadi.

Bundan tashqari, voyaga yetmaganlarning shaxsiy xavfsizligini himoya qilish qoidalari kuchaytirilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar bolalarning akkauntlarini telefon kitoblari, aloqa ro‘yxatlari, elektron pochta manzillari kitoblari, shuningdek, boshqa ilova va platformalardagi do‘stlar va obuna ro‘yxatlari bilan sinxronlashtira olmaydi. Ushbu manbalarga kirish va ulardan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash ham taqiqlanadi.

Qoida shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan ota-onalar va vasiylar uchun maxsus boshqaruv vositalarini yaratish va taqdim etishni talab qiladi. Bu ularga akkauntlarni, ularning sozlamalarini, foydalanish vaqtini, geolokasiyani, to‘lov operasiyalarini va boshqa funksiyalarni boshqarish imkonini beradi.

Kiritildi: 10:45 10.10.2026. O'qildi: 994 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!