Bugun 21 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Turkiya aholisi 86,3 million kishidan oshdi

Turkiya aholisi 86,3 million kishidan oshdi

2026 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, Turkiya aholisi 86 million 320 ming 602 kishiga yetdi. Bu joriy yilning 1 yanvar holatidagi ko‘rsatkichga nisbatan 228 ming 434 kishiga ko‘p.

Bu haqdaTurkiya statistika instituti xabar berdi.

Mamlakat aholisining 50,01 foizini erkaklar — 43 million 170 ming 975 kishi, 49,99 foizini esa ayollar — 43 million 149 ming 627 kishi tashkil etgan.

Yosh toifalari bo‘yicha eng katta ulush 25–29 yoshli fuqarolar hissasiga to‘g‘ri keladi — ularning soni 6 million 655 ming 400 nafarni tashkil etgan. Keyingi o‘rinda 10–14 yoshlilar bo‘lib, ular 6 million 562 ming 310 nafarni tashkil qiladi.

Turkiyada 65 yosh va undan katta aholi soni esa 9 million 785 ming 90 nafarga yetgan.

Kiritildi: 15:00 20.08.2026. O'qildi: 320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!