Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Turkiya aeroportlarida xavfsizlik kuchaytirildi

Turkiya aeroportlarida xavfsizlik kuchaytirildi

Turkiyaning barcha aeroportlari terroristik hujumlar tahdidi tufayli xavfsizlik choralarini kuchaytirdi. Bu haqda Hurriyet xabar berdi.

Hozirda aeroport terminallariga kiruvchi va chiqayotgan barcha avtomashinalar sinchiklab tekshirilmoqda va yo‘lovchilar shaxsi nazoratdan o‘tkazilmoqda. Istanbuldagi Sabiha Go‘kchen aeroportida esa yo‘lovchilarga ko‘riklar tufayli vaqtni yo‘qotmaslik uchun parvozdan kamida uch soat oldin kelish tavsiya etilgan. Bunday ehtiyot choralari 23 oktyabr kuni Turkiyaning TUSAS aerokosmik kompaniyasining Anqaradagi ob’ektida terakt sodir etilgani bilan bog‘liq.

Kiritildi: Bugun 11:40. O'qildi: 219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!