2026 yil 27 aprel kuni Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasi Prezidenti, professor Aktoti Raimqulova xonimning Turkiyaning Gaziantep shahriga amalga oshirgan xizmat safari doirasida Gaziantep Katta Shahar hokimi Fotma Shahin xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar turkiy dunyoning boy madaniy merosini asrash, targ‘ib qilish va uni kelajak avlodlarga yetkazish yo‘nalishlarida uzoq muddatli hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Uchrashuv davomida Aktoti Raimqulova xonim Jamg‘armaning turkiy merosni kelajak avlodlarga yetkazish missiyasiga muvofiq amalga oshirayotgan xalqaro loyihalari, jumladan “Turkiy folklor antologiyasi” hamda madaniy merosni raqamlashtirishga qaratilgan tashabbuslar haqida ma’lumot berdi.
Samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirgan holda, Jamg‘arma prezidenti Gaziantep shahrining madaniy merosni asrash sohasidagi kuchli institusional salohiyati va xalqaro tajribasi tashkilot bilan hamkorlik uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.
Fotma Shahin xonim esa Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasining turkiy dunyo birligini mustahkamlash va umumiy ildizlarni xalqaro miqyosda targ‘ib qilishga qaratilgan faoliyatini yuqori baholadi. U Jamg‘arma loyihalari madaniy xotirani asrashda muhim rol o‘ynashini ta’kidlab, Gaziantep ushbu muhim vazifada ishonchli hamkor bo‘lib qolishga doimo tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish va aniq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.