Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasi hamda Turkiya Arxeologiya va Madaniy Meros Instituti o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda

Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasi hamda Turkiya Arxeologiya va Madaniy Meros Instituti o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda

2026 yil 27 aprel kuni Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasi Prezidenti, professor Aktoti Raymqulovaning Turkiyaning Gaziantep shahriga amalga oshirgan xizmat safari doirasida Turkiya Arxeologiya va Madaniy Meros Instituti rahbari, professor Shaban Dog‘an bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar turkiy dunyo umumiy merosini asrash va uni xalqaro miqyosda targ‘ib etish borasida strategik hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Uchrashuv davomida Aktoti Raymqulova Shaban Dog‘anni Turkiya Arxeologiya va Madaniy Meros Instituti rahbari lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi. Jamg‘arma prezidenti Gaziantep shahrida o‘tkazilgan “Turkiy madaniy meros bo‘yicha strategik hamkorlik: madaniy boyliklarning noqonuniy savdosiga qarshi kurash” loyihasi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun muhim imkoniyat ekanini ta’kidladi.

Professor Shaban Dog‘an rahbarlik qilayotgan muassasa faoliyati va maqsadlari haqida so‘z yuritib, Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasi bilan hamkorlikka alohida e’tibor qaratayotganlarini bildirdi. U olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va arxeologik qazishmalar nafaqat ilmiy ahamiyatga ega ekanini, balki turkiy dunyoning umumiy tarixiy xotirasini mustahkamlashga ham xizmat qilishini ta’kidladi.

Uchrashuv o‘zaro anglashuv va konstruktiv muloqot ruhida o‘tdi. Tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollariga ishonch bildirdilar.

Kiritildi: Bugun 19:05. O'qildi: 139 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!