Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda Turkiy dunyo jamg‘armasi umumiy merosni targ‘ib qilish yo‘lida hamkorlikni mustahkamlamoqda

Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda Turkiy dunyo jamg‘armasi umumiy merosni targ‘ib qilish yo‘lida hamkorlikni mustahkamlamoqda

2026 yil 8 oktyabr kuni Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi prezidenti, professor, doktor Aktoti Raimqulova Turkiy dunyo jamg‘armasi Vasiylik kengashi raisi, professor, doktor Nabi Avji bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda Turkiy dunyo jamg‘armasi o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari, shuningdek, yaqin kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qator qo‘shma madaniy va ilmiy loyihalarni batafsil muhokama qildilar.

Uchrashuvning muhim voqealaridan biri Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi tomonidan professor, doktor Nabi Avjiga «Turkiy madaniyat va meros elchisi» faxriy unvonining topshirilishi bo‘ldi. Mazkur unvon unga turkiy dunyoda madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, umumiy ma’naviy qadriyatlarni asrab-avaylash va targ‘ib etishga qo‘shgan munosib hissasi uchun berildi.

Mukofotni topshirish marosimida professor, doktor Oqtoti Raimqulova Nabi Avjining turkiy dunyo birligi va birdamligini mustahkamlash yo‘lidagi samarali faoliyatini alohida ta’kidladi. Shuningdek, uning boy tajribasi hamda ilmiy va madaniy merosni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi yuksak e’tirofga loyiq ekanini qayd etdi.

O‘z navbatida, professor, doktor Nabi Avji Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasining turkiy dunyo birdamligini mustahkamlash borasidagi faoliyatiga yuksak baho berdi hamda qo‘shma madaniy-gumanitar tashabbus va loyihalarni kelgusida ham muvaffaqiyatli amalga oshirishni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Uchrashuv o‘zaro manfaatli masalalar yuzasidan fikr almashish bilan yakunlandi.

Kiritildi: 12:44 10.10.2026. O'qildi: 829 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!