Bugun 19 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda AlmaU hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda AlmaU hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

2026 yil 16 mart kuni Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi prezidenti, professor Aktoti Raimqulova Olmaota Menejment Universiteti (AlmaU) delegasiyasini qabul qildi. Uchrashuvda universitet prezidenti, asoschisi va rektori doktor Assilbek Qojaxmetov, shuningdek Biznes oliy maktabi dekani Kseniya Yujaninova-Karadenizli ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar. Xususan, turkiy dunyoning umumiy madaniy merosini o‘rganish va targ‘ib qilishga qaratilgan oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, talabalar va tadqiqotchilar almashinuvi dasturlarini rivojlantirish, shuningdek innovasiya va tadbirkorlik sohalarida tajriba almashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jamg‘arma prezidenti, professor Aktotӣ Raymqulova o‘z nutqida tashkilot faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalar va nashriyat dasturlari haqida batafsil ma’lumot berib, bunday hamkorlik shakllari turkiy dunyo doirasida ilmiy va madaniy integrasiyani mustahkamlashga katta hissa qo‘shishini ta’kidladi.

O‘z navbatida, doktor Assilbek Qojaxmetov AlmaUning xalqaro hamkorlik tajribasi, innovasion ta’lim modellari va tashabbuslari haqida so‘z yuritib, Jamg‘arma bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga katta qiziqish bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish va aniq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha birgalikdagi ishlar­ni davom ettirishga kelishib olishdi.

Kiritildi: Bugun 12:58. O'qildi: 139 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!