✅Joriy yil 16-17 iyul kunlari Ozarbayjon Respublikasi Guba shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar hamda kuzatuvchi mamlakatlar ishtirokida agroma’lumotlar raqamli platformasini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
📌Unda Ozarbayjon, Turkiya, O‘zbekiston, Vengriya, Shimoliy Kipr Turk Respublikalari qishloq xo‘jaligi vazirliklari va tegishli idoralarning ekspertlari ishtirok etdi.
🔗Tadbirda turkiy davlatlarning bugungi kunda dunyo miqyosida katta iqtisodiy salohiyatga ega ekani, so‘ngi yillarda unga a’zo davlatlarning iqtisodiy jihatdan hamkorligi faol rivojlanishi va qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini tovar aylanmasi ortayotgani e’tirof etildi.
✍️Shuningdek, axborot tizimlari va mavjud agroma’lumotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdimotilari o‘rganildi, binobarin, platformani yaratish bilan bog‘liq texnik, tashkiliy masalalar, ishtirokchilarning takliflarni muhokama qilindi.