Turkiyadagi yuzlab tele va radiokanallarda namoyish etilgan yetti soatlik “Turk marafoni” ko‘rsatuvi 6 fevraldagi zilzila qurbonlari uchun 6 milliard dollar yig‘di.
Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, xayriya yig‘ilishiga mamlakat markaziy banki rahbarlik qilgan.
"Markaziy bank rahbari Shahap Kavjio‘g‘li jonli efirda markaziy bank 30 milliard lira xayriya qilishini aytdi, bu kechki shou davomida yig‘ilgan barcha pulning chorak qismiga teng", deyiladi maqolada.
Ta’kidlanishicha, Ziraat Bankasi, Vakifbank va HalkBank ham shunga ergashgan.
Turkish Airlines va Borsa Istanbul, Turkcell va Turk Telekom mobil kompaniyalari ham zilzila qurbonlariga yordam berish uchun mablag‘ ajratdi.