Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Turk pahlavasi — tarixiy meros va abadiy lazzat timsoli

Turk pahlavasi — tarixiy meros va abadiy lazzat timsoli

Turk pahlavasi — oltin tusli qatlamlari, mazali sharbati va og‘izda erib ketuvchi nafis ta’mi bilan dunyo shirinliklari orasida alohida o‘rin egallaydi. Pahlava, nafaqat turk oshxonasining “shoh” lazzati, balki u ko‘plab chegara va madaniyatlarni birlashtirib, butun dunyo shirinlik ixlosmandlarining qalbini zabt etishga ulgurgan. Bu betakror ta’mni his qilish uchun eng yaxshi manzil — Turkiya va 17 noyabr Butunjahon pahlava kuni esa buning uchun ajoyib fursatdir.

Turk oshxonasining bebaho shirinligi

Pahlava barqaror turk oshxonasining qadimiy va bebaho pishiriqlaridan biri sanaladi. U Turkiyaning yufka (nozik xamir) tayyorlash an’analaridan kelib chiqqan bo‘lib, Usmoniylar imperiyasi davrida mukammallikka yetgan. Bu noodatiy resept hozirda YUNESKOning Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Pahlava yurti — Gaziantep

Ijtimoiy tarmoqlar pahlavaning turli reseptlari va tayyorlanish usullarini o‘zida jamlagan post va hashtaglar bilan to‘lib-toshgan. Ammo mukammal pahlava tayyorlash sabr, mahorat va mahsulotlarni chuqur bilishni talab qiladi. Eng mazali pahlava Turkiyaning janubi-sharqidagi, YUNESKO Ijodkor shaharlar tarmog‘iga kirgan Gaziantep viloyatida tayyorlanadi.

Gaziantep pahlavasi Yevropa Ittifoqi tomonidan himoyalangan maqomga ega birinchi turk shirinligi hisoblanadi. Uning o‘ziga xos jihati — nozik qatlami, yuqori sifatli Antep pistasi va mahalliy sariyog‘ kabi ajoyib mahsulotlaridadir. Oshpazlar xamirni deyarli shaffof bo‘lguncha qo‘lda yoyishadi, keyin qatlamlar orasiga maydalangan pista va sariyog‘ qo‘yishadi. Sariq rangga kirgunga qadar pechda pishiraladi. Issiq pahlavaga qiyom quyiladi va u asta-sekin singib ketadi. Shu tariqa xamiri qarsildoq, ichi yumshoq va nafis ta’mli Gaziantep pahlavasi tayyor bo‘ladi.

Turkiya bo‘ylab bu sevimli desertning son-sanoqsiz turlari turli usul va masalliqlar bilan tayyorlanadi. Ba’zilari shakliga qarab turlicha nomlanadi: havuch dilimi baklava (sabzi shaklidagi pahlava), mide baklava (chig‘anoq shaklidagi pahlava) va bulbul yuvasi (bulbul uyasi). Boshqalari esa tarkibi bilan ajralib turadi, jumladan, xamir qatlamlari orasiga qaymoq solingan shobiyet, sut bilan tayyorlangan sutli nuriye yoki kam sharbatli kuru baklava.

Yangi avlod oshpazlari ushbu klassik shirinlikka zamonaviy nafislik bag‘ishlamoqda. Eng yangi turlardan biri —sut va shokolad qo‘shilgan sovuq pahlava. Sovuq pahlava so‘nggi paytlarda Turkiyada eng ko‘p afzal ko‘riladigan shirinliklardan biriga aylangan. Qadimiy yoki zamonaviy shaklda bo‘lsin, pahlava baribir voz kechib bo‘lmas abadiy lazzat bo‘lib qolmoqda.

Kiritildi: 11:01 11.11.2025. O'qildi: 1891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!