Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Turk madaniyati va merosi fondi prezidenti Aktoti Raimqulova TRT World Forum 2025 tadbirida ishtirok etdi

Turk madaniyati va merosi fondi prezidenti Aktoti Raimqulova TRT World Forum 2025 tadbirida ishtirok etdi

Turk Madaniyati va Merosi Fondi Prezidenti Aktoti Raimqulova Istanbul shahrida (Turkiya) “Global Reset: From the Old Order to New Realities” (“Global Qayta Sozlash: Eski Tartibdan Yangi Haqiqatlarga”) mavzusi ostida o‘tgan TRT World Forum 2025 tadbirida ishtirok etdi.

Tadbirning ochilish marosimida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on nutq so‘zladi. Shuningdek, TRT Bosh direktori Mexmet Zaxid Sobachi va SETA Bosh direktori Burhanettin Do‘ran ham ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilgi forumda 35 mamlakatdan 1 500 dan ortiq ishtirokchi va 132 nafar ma’ruzachi qatnashdi.

Aktoti Raimqulovaning ishtiroki madaniyatning xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunish va hamkorlikni mustahkamlashdagi muhim vosita ekanini yana bir bor ta’kidladi.
Forumning asosiy maqsadi – global miqyosda tinchlik, xavfsizlik, iqtisodiy taraqqiyot, madaniyatlar aralik muloqot va yangi geosiyosiy jarayonlar kontekstida xalqaro munosabatlar kelajagi yuzasidan fikr almashishdir.

2017-yilda tashkil etilganidan beri TRT World Forum davlat va hukumat vakillari, olimlar, media sohasi mutaxassislari hamda jahon miqyosidagi fikr yetakchilarini birlashtiruvchi muhim geosiyosiy platformaga aylandi.

TRT World Forum 2025 dasturi doirasida Aktoti Raimqulova “Markaziy Osiyoda madaniyat diplomatiyasi va umumiy idenitet: mintaqaviy bog‘liqlik va birlik yo‘llari” mavzusidagi Ekspertlar davra suhbatida panelist sifatida ishtirok etdi.

Sessiya davomida Aktoti Raimqulova quyidagilarga alohida e’tibor qaratdi:

Raimqulova tomonidan qayd etilgan asosiy jihatlar:
• Fondning turkiy dunyo integrasiyasini mustahkamlashga qaratilgan faoliyati, loyihalari va tashabbuslari;
• UNESCO, ICESCO, Turk davlatlari tashkiloti (OTS), TURKSOY, Turk akademiyasi, TURKPA va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikning global miqyosda turkiy dunyo ovozini baland eshittirishdagi ahamiyati;
• Xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda akademik almashinuvlar, umumiy til va ta’lim dasturlarining o‘rni;
• Fond tomonidan amalga oshirilgan yirik ilmiy-madaniy loyihalar:
• “Turkiy adabiyot durdonalari”
• “Turkiy dunyoning ilmiy durdonalari”
• “Turkiy dunyoning atoqli siyonomlari”
• “Turkiy dunyo tarix durdonalari”
• shuningdek, xalqaro miqyosda katta ta’limiy va targ‘ibot ahamiyatiga ega bo‘lgan TurkDiscovery raqamli platformasi.

Shuningdek, u fondning madaniy merosni saqlash va targ‘ib qilish yo‘nalishidagi muhim loyihalarini ham eslab o‘tdi:
“Turkiy madaniy meros katalogi: Turk dunyosining madaniy kodi”,
“Turkiy folklor merosi antologiyasi”,
“Devonu lug‘otit-turk”ning 950 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya,
Ashiq Alesgar va Uzeyir Hojibekov yubileylari,
“Qurama” san’at festivali,
“MIRAS” etnodizaynerlar forumi va boshqa tashabbuslar.

Raimqulovaning so‘zlariga ko‘ra, Fondning bosh maqsadi — o‘tmish merosini kelajak qadriyatlariga aylantirish hamda madaniyat orqali barqaror hamkorlik, muloqot va birlikni mustahkamlashdir.

Sessiya TRT World telekanali boshlovchisi Jafer Hasnayn tomonidan moderasiya qilindi. Unda Qirg‘iziston sobiq Bosh vaziri Joomart Otorbayev, Qirg‘izistonning sobiq madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri Azamat Jamankulov, TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev hamda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stimprays ishtirok etdi.

Uchrashuvda Markaziy Osiyoda madaniy diplomatiya, umumiy idenitet va tarixiy merosning mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni bo‘yicha fikrlar muhokama qilindi.

Kiritildi: 18:44 14.11.2025. O'qildi: 732 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!