Bugun 21 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Turk insayderi Fayzullayevning Fransiya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkinligini tasdiqladi

Turk insayderi Fayzullayevning Fransiya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkinligini tasdiqladi

Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubi va O‘zbekiston terma jamoasi vingeri Abbosbek Fayzullayev faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda turkiyalik mashhur jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, SSKAning sobiq futbolchisiga "Strasburg" qiziqish bildirmoqda. Fransiya klubi transfer oynasining so‘nggi kunlarida 22 yoshli vingerni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi. Biroq kelishuvga erishish oson bo‘lmaydi, chunki Fayzullayevning "Istanbul Bashakshehir" bilan shartnomasi 2030 yil yoziga qadar amal qiladi.

Fayzullayev yangi mavsumda barcha musobaqalar hisobida uchta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:57 20.08.2026. O'qildi: 493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!