Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA) Ramazon oyida Iroqning poytaxti Bag‘dodda muhtojlarga yordam berdi.
TİKA Bag‘dod koordinatori O‘g‘uzhan Dinler, agentlikning Bag‘dodning Al-Shaab hududidagi muhtojlarga 250 dona oziq-ovqat paketi tarqatganini aytdi.
Unga ko‘ra, Ramazon oyi boshidan buyon TİKA tomonidan 2500 ta gumanitar yordam paketi taqdim etilgan. Dinler, Iroqdagi muhtoj oilalarga yordam berish kampaniyasining davom etishini qo‘shimcha qildi.