Asilxodjayeva Munisaxon Axrolovna O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.
M.Asilxodjayeva 1986 yil 8 oktyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Gidrometeorologiya xizmati agentligi matbuot kotibi lavozimida ishlagan.
Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.