“2025–2026 yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-87-son, 15.05.2025 y.) qabul qilindi.
🔰 2025 yil yakuniga qadar turizm sohasining asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
🔹 respublika hududlariga 15,8 mln nafar xorijiy turistlarning safarlarini tashkil etish, turizm xizmatlari eksportini 4 mlrd AQSh dollariga yetkazish;
🔹 ichki turizmni rivojlantirish hisobiga 40 mln ta mahalliy sayyohlarning hududlarga safarlarini tashkil etish, qo‘shimcha 378 ta turoperator faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
❇️ 2025 yil 1 iyundan Bahrayn Qirolligi, Kuvayt Davlati
va O‘mon Sultonligi fuqarolari uchun O‘zbekiston
hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilanadi.
📝 2025 yildan har yili 30 noyabrga qadar kelgusi yil turizmni rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlar ishlab chiqiladi.
📋 2025 yildan har yili noyabr oyining 3-haftasida Xalqaro turizm haftaligi tashkil etiladi.
✅ 2025 yil iyun oyidan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturini amalga oshirish uchun har oy 2-haftasining shanba va yakshanba kunlari “Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” etib belgilanadi.