Turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensasiyasi kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan, turar joy bilan ta’minlanmagan oddiy askar, serjant va ofiserlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga amaldagi sarf-xarajatlar doirasida (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno) quyidagi miqdorda to‘lanishi belgilangan:
🔹Toshkent shahrida — BHMning 4 baravarigacha;
🔹Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — BHMning 3 baravarigacha;
🔹boshqa shaharlar, tumanlar markazlari va aholi punktlarida — BHMning 2 baravarigacha.
👨👨👧👧 Oila a’zolari 3 kishi va undan ortiq bo‘lgan taqdirda (harbiy xizmatchining o‘zini hisoblamagan holda) ushbu pul kompensasiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi.
📌Bunda harbiy xizmatchining harbiy xizmatni o‘tash joyiga kelgan oila a’zolari: xotini (eri), ularning bolalari va ota-onalari, shuningdek qonunchilikka muvofiq ijaraga oluvchining oila a’zolari deb e’tirof etilgan boshqa shaxslar hisobga olinadi.