Bugun, 2023 yil 9 fevral kuni soat 06:10 da Chashma-Oqrabot stansiyalari oralig‘ining 103-kilometr 5-6 piket qismida tuproq ko‘chkisi sodir bo‘ldi.
Shu sababli poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatildi.
Hozirgi paytda ushbu holatni bartaraf etish maqsadida mutaxassislar tezkorlik bilan ushbu hududga yetib kelishdi va 3-dona ekskavator, 7-dona samosval, 2- dona buldozer, va boshqa texnikalar jalb etgan xolda tuproq ko‘chkilarini temir yo‘l izidan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.
Poyezdlar harakatini tiklash haqidagi ma’lumotlar to‘ldiriladi, deyiladi Transport vazirligi axbarot xizmati xabarida.