Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Tunda Sirdaryoda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Alanga ichida qolgan bir oila vakillari vafot etdi

Tunda Sirdaryoda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Alanga ichida qolgan bir oila vakillari vafot etdi

2020 yilning 20 noyabr kuni soat 03 dan 06 daqiqa o‘tganda, Sirdaryo tumani FVB navbatchi-dipetcherlik xizmatiga Sirdaryo tumani, Yoshlik mahallasi Ixlos ko‘chasi 23-uydagi 3 ta vaqtinchalik qurilgan (vremyanka) xonaning 38 kv.m. maydonida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Yong‘in joyiga ekipajlar soat 03 dan 18 daqiqa o‘tganda yetib borib, 03 dan 21 daqiqa o‘tganda qurshab olingan va 03 dan 55 daqiqa o‘tganda bartaraf etilgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati FVB axborot xizmati xabar bermoqda.

Yong‘in natijasida, yashash uyi ichida bo‘lgan, uy egasi 1974 yilda tug‘ilgan M.I. va uning o‘g‘li 2001 yilda tug‘ilgan M.Q.larning kuygan holdagi jasadlari topilgan. Shuningdek, yong‘in sodir bo‘lgan xonadonda bo‘lgan uy egasining o‘g‘li 2004 yilda tug‘ilgan Y.Q. va uy egasining jiyani 2006 yilda tug‘ilgan I.Q.lar kuyish tan jarohati olganlar. 

Yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda. Hozirda holat bo‘yicha tuman Prokuraturasi va tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Kiritildi: 12:15 20.11.2020. O'qildi: 4004 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!