Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda erkak qaynukasining xotiniga shilqimlik qildi

Toshkentda erkak qaynukasining xotiniga shilqimlik qildi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi fuqaro S.X. 2 may kuni mast holda qaynukasining turmush o‘rtog‘iga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgani uchun 5 sutkaga qamaldi. Bu haqda Bugun.uz ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, sud majlisida 50 yoshli fuqaro S.X. 2 may kuni soat 14:00 larda mast holda qaynukasining turmush o‘rtog‘i L.SH.ga teginib shahvoniy shilqimlik qilgan.

Holat yuzasidan yetib kelgan Toshkent viloyat Zangiota tuman IIB xodimlarining huquqbuzarlikni to‘xtatish va shaxsini aniqlash maqsadida huquqbuzarni IIB binosiga borish kabi qonuniy talablarini bajarmasdan, ularga qarshilik ko‘rsatgan.

Sud majlisida huquqbuzar S.X. qilmishiga to‘liq iqror bo‘lib, mastligi sabab qilgan ishidan pushaymonligini, bu hol boshqa takrorlanmasligini bildirib, suddan yengillik berishni so‘ragan. Jabrlanuvchi L.SH.ning ko‘rsatmasiga ko‘ra, huquqbuzar S.X. avval ham bir necha bor mast holda har xil nojo‘ya harakatlar qilgan.

Sud ishida huquqbuzar S.X. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 411-moddasi 1-qismi (shahvoniy shilqimlik qilish, ya’ni shaxsga nisbatan uning uchun nomaqbul bo‘lgan hamda uning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan, shaxsning tashqi qiyofasini yoki qaddi-qomatini tavsiflashda, imo-ishora qilishda, teginishda, chaqirishda ifodalangan, shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlarni bir marta qo‘pol ravishda yoki bir necha marta sodir etish) va 194-moddasining (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan.

Unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari — 340 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Kiritildi: 14:54 07.05.2024. O'qildi: 3280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!