Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tunda Rossiya dronlari Kiyevga hujum qildi

Tunda Rossiya dronlari Kiyevga hujum qildi

Rossiya Qurolli kuchlarining Ukraina poytaxti Kiyevga uyushtirgan hujumi natijasida kamida 12 kishi jarohat oldi, bu hujum davomida dron va raketalardan foydalanilgan.

Bu haqda Kiyev GVA rahbari Timur Tkachenko ma’lum qildi.

"Odamlar tibbiy yordamga murojaat qilishda davom etmoqda. Afsuski, allaqachon 12 nafar jarohatlanganlar bor", deb yozdi u.

Shahar meri Vitaliy Klichkoning aniqlik kiritishicha, to‘qqiz nafar jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan, uch nafariga esa joyida yordam ko‘rsatilgan.

Shahar ma’muriyatiga ko‘ra, Ukraina poytaxtining Shevchenkivskiy, Darniskiy, Solomyanskiy, Goloseevskiy, Podolskiy va Obolonskiy tumanlarida hujumlar qayd etilgan.

Kiritildi: 11:00 10.07.2025. O'qildi: 1152 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!