🚨 Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Yashnobod tumani hokimining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va qambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi yordamchisi o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda o‘zganing 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
🕵️♂️ Aniqlanishicha, hokim yordamchisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ko‘p qavatli uyning 1-qavatidagi turar joy xonadonini noturar joy toifasiga o‘tkazishga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ruxsat olib berish va tegishli hujjatlarini rasmiylashtirishda ko‘maklashish evaziga 5 ming AQSh dollari talab qilgan.
🔍Tergovga qadar tekshiruv davomida, hokim yordamchisi fuqaroning ishini Yashnobod tuman hokimiyati bo‘linma rahbari ko‘magida hal qilishi kerakligi ma’lum bo‘lib, tezkor tadbir davom ettirildi va ushbu mansabdor shaxs 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.
⚖️ Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.