Adliya vazirligi Ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt shakli va mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilgan o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Oliy ta’limda kontrakt to‘lovlari quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
🗣to‘lov miqdorining kamida 25 foizi – abituriyentlar uchun 15 sentabrgacha hamda yuqori bosqich talabalari uchun 1 oktabrgacha yoki oliy ta’lim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;
🗣to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 martgacha va 100 foizi 1 maygacha yoki oliy ta’lim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha amalga oshiriladi.
Davlat komissiyasi ushbu muddatlarni uzaytirish huquqiga ega.
Kontrakt tushumlari xorijda yosh pedagoglar va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish hamda stajirovkalarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishi mumkin.
Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarni ijtimoiy muhofaza qilish doirasida 1 yilda bir talabaga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 6 barobarigacha moddiy yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.