Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tulada migrantlarning taksi va restoranlarda ishlashi taqiqlanishi mumkin

A A A
Tulada migrantlarning taksi va restoranlarda ishlashi taqiqlanishi mumkin

Rossiyaning Tula viloyatida migrantlarga jamoat transportida haydovchi bo‘lishi va ayrim savdo shoxobchalarida ishlashi taqiqlanishi mumkin. Gubernatorning tegishli farmoni loyihasi viloyat hukumati saytida e’lon qilingan.

Hujjatga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvardan Tula hududida patent asosida mehnat qilayotgan chet ellik fuqarolarga quyidagi sohalarda ishlash taqiqlanadi:

alkogol sotishga ixtisoslashgan do‘konlarda;

tamaki mahsulotlarini sotishga ixtisoslashgan do‘konlarda;

yo‘lovchi tashishni amalga oshiruvchi tashkilotlarda (ham shahar ichida, ham shahar tashqarisida);

umumiy ovqatlanish tashkilotlarida – qahvaxona, restoran va hokazolar.

Aniqlik kiritilishicha, mintaqada 1 yanvarga qadar bu sohalarda bo‘lgan xorijlik ishchilar sonini tartibga solish uchun tayyorgarlik tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 16:52 10.11.2023. O'qildi: 1069 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!