Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tug‘ma maymoqlik qanday kasallik?

A A A
Tug‘ma maymoqlik qanday kasallik?

Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bir qator murakkab kasalliklarni zamonaviy usullarda davolash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu, bemorlarning sog‘lom hayotga qaytishiga, ularning dardini yengillashtirishga xizmat qilmoqda. Jumladan, markazda maymoqoyoqlikni ponseti usulida samarali va oson davolash keng yo‘lga qo‘yilgan.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ortopedik nuqsonlar ichida eng ko‘p uchraydiganlaridan biri bu, tug‘ma maymoqlikdir.

Maymoqoyoqlik suyak-mushak tizimida keng tarqalgan tug‘ma nuqsonlar qatoriga kiradi. Taxminan 1000 ta tug‘ilgan chaqaloqning kamida bir nafarida ushbu kasallik yuzaga kelishi mumkin.

XXI asr tibbiyoti esa bu kasallikni qisqa muddatda davolash imkoniga ega. Jumladan, AQShda bu nuqsonni davolashning ponseti usuli kashf qilingan. Iloji boricha davolash chaqaloq xayotining birinchi yoki ikkinchi haftalaridan boshlanishi zarur. Chunki aynan shu paytda chaqaloqlarda mushak va paylar yuqori elastik xususiyatga ega bo‘ladi.

Ponseti usuliga to‘la rioya qilingan holda davolangan bemorlar, kelajakda sog‘lom oyoqlarga ega bo‘ladi.

Kam hollarda davo olib borilgan oyoq sog‘lom oyoqdan birozgina farq qilishi mumkin. Bu oyoq hajmi, boldir mushak massasining kamayishi bilan ajralib turishi mumkin. Shuningdek, bu kasallikning og‘irlik darajasiga ham bog‘lik. Ayrim hollarda oyoqlar uzunligida xam farq sezilishi mumkin. Bunday kichik nuqsonlar odamlar e’tiborini tortmaydi va sezilarsiz bo‘ladi. Bolaning o‘zi ham to balog‘at yoshiga yetmaguncha bu farqlarni sezmaydi. Muhimi, kasallikni vaqtida davolash lozim.

Kiritildi: 11:55 01.04.2024. O'qildi: 1609 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!