Uch kundan so‘ng lavozimini tark etadigan Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo o‘zining so‘nggi matbuot anjumanida yig‘lab yubordi. Tadbirning videosi internetda tarqaldi.
Nashrning ta’kidlashicha, "AQSh prezidenti Donald Tramp bosh vazirlik lavozimining so‘nggi kunlarida bir hafta davomida uni tarif urushi bilan qiynagandan so‘ng, Jastin Tryudo matbuot anjumanida yig‘ladi".
Matbuot anjumanida Tryudo "har kuni" kanadaliklarni birinchi o‘ringa qo‘yganini va ularni qo‘llab-quvvatlaganini aytdi.
"Men sizlarga shuni aytmoqchiman: biz doim yoningizda bo‘lamiz. Hatto bu hukumat faoliyatining eng so‘nggi kunlarida ham, bugun ham, kelajakda ham kanadaliklarga xiyonat qilmaymiz," - dedi Bosh vazir va ko‘z yoshlarini to‘kdi.
Tryudo yana qo‘shimcha qilishicha, u yaqin kunlarda qonuniy saylangan vorisga "vakolatlarni topshirishni intiqlik bilan kutmoqda".