Adliya vazirligi Inson a’zolarini transplantasiya qilish haqida resipiyentlar va donorlarga tibbiy xulosalar berish bo‘yicha nizomni ro‘yxatdan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami: 3706, 21.11.2025 y.).
🔰 Mazkur Nizomda resipiyent va donorlarni tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazish hamda transplantasiya amaliyoti uchun tibbiy xulosalar berish tartibi belgilandi.
✅ Nizomga ko‘ra, resipiyent va tirik donor tibbiyot muassasalarida 3 oy ichida tibbiy tekshiruvlardan o‘tishi kerak.
📑 Tibbiy tekshiruv xulosalariga ko‘ra transplantasiya amaliyotiga ruxsat berish faqat Hukumatning 2024 yil 13 iyundagi 333-son qarorida (https://lex.uz/ru/docs/6997913)ko‘rsatilgan davlat tibbiyot muassasalarining tibbiy konsiliumi tomonidan amalga oshiriladi.
☑️ Tibbiy konsilium resipiyentga inson a’zolari va (yoki) to‘qimalari transplantasiyasi amaliyotiga muhtojligi, donorga esa transplantasiya amaliyotiga layoqatliligi to‘g‘risida tibbiy xulosani beradi yoki berishni rad etadi.
⛔️ Transplantasiya amaliyoti insonning ko‘rish, nutq, eshitish qobiliyatining yo‘qolishi yoki ruhiyatning buzilishi, mehnat qobiliyatining 33 foizdan ortiq barqaror yo‘qolishiga sabab bo‘ladigan tarzda ziyon yetkazishiga olib kelsa resipiyent va donorga tibbiy xulosani berish rad etiladi.