Bugun 23 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Trampning yangi tariflari o‘z cho‘ntagiga ham ziyon keltirmoqda

Trampning yangi tariflari o‘z cho‘ntagiga ham ziyon keltirmoqda

AQSh Prezidenti Donald Trampning boyligi o‘zi joriy etayotgan import boji bilan bog‘liq yangi tartib tufayli allaqachon taxminan 500 million dollarga kamaygan. Bu haqda “Forbes” nashri yozdi.

Ma’lumki, boshqa mamlakatlardan kirib keladigan mahsulotlarga alohida tariflar qo‘llash to‘g‘risidagi farmon asosida eng kam stavka 10 foiz qilib belgilangan. Aksariyat mamlakatlar yuqori miqdordagi bojga duch kelishdi. Endi qator davlatlar rasmiylari AQShga qarshi javob choralari ko‘rilishini ta’kidlamoqda.

– O‘tgan hafta Tramp global savdo urushini boshlab berdi, – deyilgan maqolada. – Birinchi “otilgan o‘q” nafaqat boshqalarga, balki uning o‘ziga ham tegdi. 2 aprel, ya’ni yirik to‘lov joriy etish rejasi e’lon qilingan kuni “Forbes” Prezidentning boyligini 4,7 milliard dollarga baholagan edi. Oradan bir hafta o‘tmay, bu miqdor 4,2 milliard dollarga tushib ketdi.

Zararning salmoqli qismi “Trump Media and Technology Group” kompaniyasi chekiga tushgan. O‘tgan payshanba kuni kompaniya aksiyalari taxminan 5 foiz arzonlashgach, Donald 170 million dollardan ayrildi. Uning ko‘chmas mulki qiymati 90 million dollar kamaydi. Vaziyat golf maydonlari bilan bog‘liq aktivga ham ta’sir qilgan, chunki professional golfchilar uchun komtokcha, tayoq va libos ham chet eldan keltiriladi.

Iqtibos sifatida keltirilgan ichki ma’lumotga ko‘ra, Tramp mablag‘iga asosiy tahdid “belni mahkamroq bog‘lash” yoki o‘zbekcha aytganda “ko‘rpaga qarab oyoq uzatishga to‘g‘ri kelishi bilan bog‘lanyapti. Zero, endi uning golf klublari a’zolari xarajat va to‘lovlarini qisqartira boshlaydi.

Kiritildi: 16:13 09.04.2025. O'qildi: 704 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!