Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Trampning Xitoyga qarshi savdo urushi barbod bo‘lishi mumkin

Trampning Xitoyga qarshi savdo urushi barbod bo‘lishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyga qarshi e’lon qilgan savdo urushi barbod bo‘lishi mumkin. Bu haqda Britaniyaning Financial Times gazetasi yozmoqda.

Nashr muallifining fikricha, Trampning rejalari barbod bo‘lishining bir qancha sabablari bor.

"Ko‘pchilik davlatlar Tramp maslahatchilari taklif qilayotgan turli iqtisodiy dalillar shunchaki ko‘rgazma ekanligini tushunishadi", — deyiladi maqolada.

Gazetaning ta’kidlashicha, Amerika rahbarining kelajakdagi mag‘lubiyatining ikkinchi sababi Qo‘shma Shtatlar tashqi siyosatining davlat qarzi bozoriga bog‘liqligidir. Shuningdek, maqola mualliflari Pekinda uzoq muddatli iqtisodiy qarama-qarshilik uchun resurslar mavjudligini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq The Washington Post gazetasi AQSh va Xitoy savdo urushida bir-birlariga yon berishni istamasliklari sababli iqtisodiy tanazzulga yuz tutayotganini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 09:42 14.04.2025. O'qildi: 702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!