Reuters xabar berishicha, Donald Trampning «Tinchlik kengashi» tomonidan taklif etilgan G‘azo rejasi HAMAS foydalanayotgan tunnellar tarmog‘ini yo‘q qilishni o‘z ichiga oladi.
Rejaga ko‘ra, HAMAS 8 oy davomida bosqichma-bosqich qurollarini topshirishi va G‘azo sektoridagi keng tunnellar tizimini bartaraf etishga rozi bo‘lishi kerak.
Hujjat ikki asosiy qismdan iborat:
— G‘azo bo‘yicha keng qamrovli tinchlik rejasini amalga oshirishga oid 12 band;
— HAMASning qurolsizlanishi uchun 5 bosqichli jadval.
Reja, G‘azo sektorida qurollar yo‘qligi tasdiqlanganidan so‘ng, Isroil qo‘shinlarini to‘liq olib chiqish bilan yakunlanishi ko‘zda tutilgan.