Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Trampning tashabbuslari AQSh taraqqiyotiga tahdid solmoqda

Trampning tashabbuslari AQSh taraqqiyotiga tahdid solmoqda

Prezident Donald Tramp ma’muriyatining siyosati AQShning iqtisodiy o‘sishi va ilmiy-texnik rivojlanishini zaiflashtiradi, bu esa Xitoy uchun afzalliklar yaratadi.

Bu haqda Foreign Affairs jurnali yozmoqda.

"So‘nggi bir necha oy ichida Xitoyning global iqtisodiy raqobatda g‘alaba qozonishini kafolatlaydigan puxta o‘ylangan strategiya shakllandi. Uning bosh me’morlari Xitoy yetakchilari emas, balki amerikalik siyosatchilar bo‘ldi," - deyiladi materialda.

Qayd etilishicha, davlat agentliklarini moliyalashtirishning qisqarishi, immigrasiya siyosatining kuchayishi va savdo tahdidlari investisiyalarga putur yetkazmoqda, iste’dodlarning chiqib ketishiga sabab bo‘lmoqda va AQShning innovasion salohiyatini zaiflashtirmoqda.

Bu sun’iy intellekt va elektromobillar ishlab chiqarish kabi muhim tarmoqlarni faol rivojlantirayotgan Xitoy uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Kiritildi: 16:19 28.05.2025. O'qildi: 458 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!