Bu haqda The Washington Post xabar berdi.
Nashrning xabar berishicha, bu saylovlarda pochta va saylov mashinalari orqali ovoz berishni taqiqlash imkonini berishi mumkin.
Trampni qo‘llab-quvvatlovchi va Oq uy bilan kelishilgan holda harakat qilayotganini aytayotgan faollar 17 sahifali hujjat loyihasini elon qildi. Unda Xitoy 2020 yilgi saylovlarga aralashgani ta’kidlanadi hamda bu holat mamlakatda favqulodda holat e’lon qilish uchun asos sifatida keltiriladi. Bunday qaror prezidentga ovoz berish jarayoniga doir favqulodda vakolatlar berishi mumkin.
Avvalroq prezident Donald Tramp noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlarda saylovchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini majburiy ko‘rsatish va pochta orqali ovoz berishni bekor qilish rejasini e’lon qilgan edi. Faollar ularning loyihasi Tramp va’da qilgan farmonga kiritilishini kutmoqda.