Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Trampning sog‘lig‘i “a’lo darajada”, biroq u ozishi kerak

Trampning sog‘lig‘i “a’lo darajada”, biroq u ozishi kerak

Bu haqda Oq uy tomonidan e’lon qilingan AQSh prezidenti shifokori Shon Barbabellaning xulosasida aytiladi.

Tibbiy xulosaga ko‘ra, Tramp “AQSh Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni va davlat rahbari vazifalarini to‘liq bajarishga qodir”. Shifokor uning yurak, o‘pka, asab tizimi va umumiy jismoniy holati yaxshi ekanini, shuningdek, kognitiv va jismoniy ko‘rsatkichlari yuqori darajada ekanini qayd etgan.

Shifokor prezidentga profilaktika maqsadida jismoniy faollikni oshirish va vazn kamaytirishni tavsiya qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Donald Tramp so‘nggi bir yilda 101,6 kilogrammdan 108 kilogrammgacha semirgan. Uning bo‘yi 191 santimetrni tashkil etadi. Shifokor unga parhezga rioya qilish va past dozali aspirin qabul qilishni ham tavsiya qilgan.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Trampning qo‘lida ko‘ringan ko‘karishlar turli muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Tibbiy hisobotda aytilishicha, ko‘rik davomida uning qo‘l ustki qismida ko‘karish va yengil tirnash holati aniqlangan. Bunga ehtimoliy sabab sifatida tez-tez qo‘l siqish va yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun aspirin qabul qilinishi ko‘rsatilgan.

Kiritildi: Bugun 12:55. O'qildi: 204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!