Bugun 27 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Trampning sobiq maslahatchisi Milliy iqtisodiy kengashni boshqarishi mumkin

Trampning sobiq maslahatchisi Milliy iqtisodiy kengashni boshqarishi mumkin

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp o‘zining sobiq iqtisodiy maslahatchisi Kevin Xassett nomzodini Oq uyning Milliy iqtisodiy kengashi rahbarligiga ko‘rsatdi, deb yozadi TASS.

“Xassett amerikalik oilalarga Bayden ma’muriyati sabab bo‘lgan inflyasiyadan xalos bo‘lishga yordam beradi. Birgalikda biz Qo‘shma Shtatlar o‘tmishda o‘z manfaati uchun foydalangan adolatli savdo aloqalarini ta’minlaymiz. Kevin, shuningdek, Amerika xalqining farovonligini ta’minlash bilan birga, yangi va eski ittifoqchilarimiz bilan iqtisodiy munosabatlarimizni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi", - dedi Trampning muvaqqat guruhi seshanba kuni e’lon qilgan bayonotda.

2019 yilning iyunigacha Xassett AQSh prezidenti huzuridagi Iqtisodiy maslahatchilar kengashining raisi bo‘lgan. Bu organ Amerika rahbariga ichki va xalqaro iqtisodiy siyosat masalalari bo‘yicha maslahat beradi. 2020 yilda Xassett Oq uyga Trampning katta maslahatchisi sifatida qaytdi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Xasset o‘zining yangi lavozimida yangi ma’muriyatning tariflar, savdo va davlat xarajatlari bo‘yicha qarorlarini boshqarish, shuningdek, AQSh moliya vaziri bilan yaqin hamkorlik qilish uchun javobgar bo‘ladi. Tramp o‘tgan haftada bu lavozimga investor Skott Bessent nomzodini ilgari surgan edi.

Kiritildi: Bugun 18:22. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!