Ovoz berish arafasida respublikachi Donald Tramp bir necha bor Ukrainadagi urushni 24 soat ichida yakunlashini aytdi. Endi Tramp Oq uyni egallashi vaqt masalasi ekan, tahlilchilar uning rejasi aynan nima ekanligini aniqlashga harakat qilmoqda.
«Ukraina va Rossiya uchun Tramp dastlab katta noaniqlikni anglatadi. Avvalo, u kuchli ko‘rinishni istaydi va bu Putin bilan hozirgidan ham ko‘proq mojarolarga olib kelishi mumkin. Ovro‘poliklar, o‘z navbatida, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun yangi katta paketni yaratish uchun birgalikda harakat qilishlari kerak», - deydi harbiy ekspert Niko Lange Bild nashriga bergan intervyusida.
Myunxendagi Bundesver universiteti professori Karlo Masala fikricha, Trampning saylovdagi g‘alabasi «Kiyevga harbiy yordam qurib ketishiga» olib keladi.
«Trampning vise-prezidenti J.D.Vens va maslahatchisi Richard Grenell Ukrainaga keyingi harbiy yordam berishga keskin qarshi. Ularning ikkalasi ham Trampga urushni tugatishga erishishni maslahat beradi, buning natijasida Ukraina Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni butunlay tark etishga majbur bo‘ladi», — deya ta’kidlaydi Masala.