Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Trampning maxsus vakili Kellog Belarusda Lukashenko bilan uchrashishni rejalashtirmoqda — Reuters

Trampning maxsus vakili Kellog Belarusda Lukashenko bilan uchrashishni rejalashtirmoqda — Reuters

Agentlikning xabar berishicha, AQSh prezidentining Rossiya va Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog yaqin kunlarda Belarusga tashrif buyurib, Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Reuters manbalarining so‘zlariga ko‘ra, Kellog bu tashrifni Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi so‘nggi paytlarda boshi berk ko‘chaga kirib qolgan tinchlik muzokaralarini qayta tiklash uchun potensial imkoniyat sifatida ko‘rmoqda.

Tashrif rasman hali tasdiqlanmagan, uning kun tartibi ham noma’lum. Agentlik ta’kidlashicha, bunday tashriflarni rejalashtirish puxta tayyorgarlikni talab qiladi, shuning uchun Kelloggning Belarusga safari so‘nggi daqiqada o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Agar bu tashrif amalga oshsa, Kit Kellog so‘nggi yillarda Belarusga borgan yuqori martabali AQSh rasmiysi bo‘ladi. 2020 yil fevral oyida, Donald Trampning birinchi prezidentlik muddati davrida, AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Belarusga tashrif buyurgan edi. Bu 1993 yildan beri AQSh Davlat departamenti rahbarining Minskka birinchi tashrifi bo‘lgan.

Kiritildi: 15:46 18.06.2025. O'qildi: 337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!