Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Trampning maslahatchilari unga matbuotga o‘ylab o‘tirmay intervyu berishni kamaytirishni tavsiya qilmoqda

Trampning maslahatchilari unga matbuotga o‘ylab o‘tirmay intervyu berishni kamaytirishni tavsiya qilmoqda

Bunday suhbatlar AQSh prezidentining bayonotlari ziddiyatli ekanini yana bir bor namoyon etadi, deya xabar berdi The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib.

Gazeta manbalariga ko‘ra, Trampning yaqin safdoshlari unga ommaviy axborot vositalari bilan kamroq muloqot qilishni bir necha bor maslahat bergan. Oq uy rahbari ma’lum muddat ularning tavsiyasiga amal qilgan, ammo keyin yana avvalgi odatiga qaytgan.

"Shuningdek, prezident Tramp Truth Social tarmog‘ida postlar e’lon qilishda ham muntazam ravishda “improvizasiya” qiladi. Masalan, Trampning 7 aprel kuni Eron sivilizasiya sifatida yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligi haqidagi tahdidli xabari milliy xavfsizlik rejasining bir qismi bo‘lmay, uni o‘z to‘qima fikri edi", — deya ma’lum qilgan Qo‘shma Shtatlarning ismi oshkor etilmagan rasmiysi.

Kiritildi: Bugun 18:34. O'qildi: 323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!