Donald Trampning internet-do‘konida Trump 2028 yozuvli kepka va futbolkalar sotuvga chiqarildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Bu Trampga AQSh Konstitusiyasi bo‘yicha ishtirok etish taqiqlangan bo‘lajak prezidentlik saylovlariga ishora qiladi.
Mahsulot tavsifida "Qo‘shma Shtatlarda ishlab chiqarilgan ushbu Trump 2028 kepkasi orqali o‘z fikringizni bildiring" deyilgan.
Eslatib o‘tamiz, mart oyi oxirida Tramp uchinchi muddatga nomzodini qo‘yishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun, AQSh Konstitusiyasining 22-tuzatishi bir kishining ikki martadan ortiq prezident etib saylanishini taqiqlaydi. Biroq, amaldagi prezident iste’foga chiqsa yoki vafot etsa, uning o‘rnini egallash orqali prezident bo‘lishga konstitusiyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiq yo‘q.