Trampning hududiy da’volari AQShni endi “barqarorlik tayanchi” emas, balki “himoyalanish kerak bo‘lgan xavf” sifatida qabul qilishga olib kelmoqda
"Myunxen xavfsizlik konferensiyasi tashkilotchilari tomonidan AQSh prezidenti Donald Trampning Kanada, Grenlandiya va Panama kanali bo‘yicha da’volari munosabati bilan tayyorlangan hisobotida shunday fikr qayd etilgan", deya xabar beradi The Guardian.
"So‘nggi o‘n yilliklar davomida Qo‘shma Shtatlar tomonidan ta’minlab kelingan global yetakchilik bo‘lmasa, xalqaro hamjamiyat umumjahon manfaatlarini ta’minlashi yoki insoniyat duch kelayotgan ko‘plab jiddiy tahdidlarga qarshi kurashishi qiyin bo‘ladi", deyiladi hujjatda.
Hisobotda qayd etilishicha, kelajakda ko‘proq davlatlar ta’sir uchun kurash olib boradi. Bu esa “dunyo ancha tartibsiz bo‘lishi” va “universal qoidalar, tamoyillar va hamkorlik modellaridan deyarli hech narsa qolmasligi” mumkinligini anglatadi.
"Liberal tartib faqat G‘arbda saqlanib qolishi mumkin. Shu bilan birga, turli yangi tartiblarning tinch-totuv yashashi ehtimoldan yiroq. Chunki asosiy kuch markazlari hech bo‘lmaganda ba’zi qoidalar, tamoyillar va hamkorlik tuzilmalari bo‘yicha kelishib olishi murakkab jarayondir", deya xulosa qilinadi Myunxen konferensiyasi tashkilotchilari hisobotida.