AQSh prezidenti maxsus vakili Stiv Uitkoffning ma’lum qilishicha, bu bosqich G‘azo sektorida o‘tish davri ma’muriyatini tuzishni, shuningdek hududni qurolsizlantirish va qayta tiklash jarayonini boshlashni nazarda tutadi.
Uittkoffning so‘zlariga ko‘ra, AQSh HAMAS harakatidan kelishuv doirasidagi barcha majburiyatlarini to‘liq bajarishni, jumladan halok bo‘lgan so‘nggi isroillik garovga olinganning jasadini qaytarishni kutmoqda.
"Bu talablarning bajarilmasligi HAMAS uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi", — deya ogohlantirdi Uittkoff.
Isroil va HAMAS 2025 yil oktyabr oyida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olgan va Tramp ma’muriyati tomonidan ishlab chiqilgan tinchlik rejasini qabul qilgan edi.
Ushbu rejaning birinchi bosqichi HAMAS qo‘lida qolgan barcha isroillik garovga olinganlarni Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslarni ozod etish evaziga qaytarishni ko‘zda tutgan.