Bugun 7 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Trampning ehtimoliy vorisi ma’lum qilindi

Trampning ehtimoliy vorisi ma’lum qilindi

Tramp Jey Di Vensni o‘z vorisi sifatida tanladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp keyingi prezidentlik saylovlarida o‘zining ehtimoliy vorisi sifatida vise-prezident Jey Di Vensni tanlagan va respublikachi donorlarni uni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan. Bu haqda «Vashington Post» o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

«Oxir-oqibat, biz Jey Dini saylashimiz kerak», — degan Tramp donorlar bilan suhbat chog‘ida.

Nashr manbalariga ko‘ra, Oval kabinetdagi uchrashuv iyul oyining ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tgan.

«Vashington Post» ta’kidlashicha, Trampning bu bayonoti uning ommaviy chiqishlaridagi ritorikasidan farq qiladi. Bu esa Jey Di Vens va AQSh davlat kotibi Marko Rubio o‘rtasida Respublika partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun kurash kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Trampning Vensni qo‘llab-quvvatlashi uning 2028 yilgi prezidentlik saylovlarida Respublika partiyasi nomzodi bo‘lishi ehtimolini sezilarli darajada oshirishi mumkin.

Kiritildi: 19:26 06.08.2026. O'qildi: 596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!